Главная » 2015 » Yanvar » 21 » Olimlar kino tarixida eng katta rol o‘ynagan filmlarni aniqladi
14:11
Olimlar kino tarixida eng katta rol o‘ynagan filmlarni aniqladi

Amerikalik olimlar ularning fikricha kinematografning keyingi taraqqiyotida muhim rol o‘ynagan o‘nta Gollivud filmlarini aniqladi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

Tadqiqotchilar klassik lentalarning ulardan ancha keyin suratga olingan filmlarda tilga olinish darajasiga asoslandi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Oz mamlakati sehrgari” filmidan 565 marta iqtibos keltirilgan. Bu ko‘rsatkich unga reytingda birinchi o‘rinni keltirdi. Reytingning to‘liq ko‘rinishi quyidagicha:

“Oz mamlakati sehrgari” (1939-yil, rejissor — Viktor Fleming) — 565 ta iqtibos;
“Yulduzlar janglari: Yangi umid” (1977-yil, rejissor — Jorj Lukas) — 297 ta iqtibos;
“Psixo” (1960-yil, rejissor — Alfred Xichkok) — 241 ta iqtibos;
“Kasablanka” (1942-yil, rejissor — Maykl Kyortis) — 212 ta iqtibos;
“Shamollarda qolgan hislarim” (1939-yil, rejissor — Viktor Fleming) — 198 ta iqtibos;
“King-Kong” (1933-yil, rejissorlar — Merian Kuper va Ernst Shodsak) — 191 ta iqtibos;
“Frankenshteyn” (1931-yil, rejissor — Jeyms Ueyl) — 170 ta iqtibos;
“Cho‘qintirgan ota” (1972-yil, rejissor — Frensis Ford Koppola) — 162 ta iqtibos;
“Fuqaro Keyn” (1941-yil, rejissor — Orson Uells) — 143 ta iqtibos;
“2001-yilning kosmik odisseyasi” (1968-yil, rejissor — Stenli Kubrik) — 143 ta iqtibos.

Манба:Daryo.uz

Категория: Шоу Бизнес | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]