Главная » 2015 » Yanvar » 13 » Otabek Mutalxo‘jayev estrada yulduzi o‘rniga yosh xonanda bilan duet kuylashni ma’qul topdi
16:31
Otabek Mutalxo‘jayev estrada yulduzi o‘rniga yosh xonanda bilan duet kuylashni ma’qul topdi

Yangi 2015-yil shou biznesdagi ko‘pgina xonandalarning ijodiy parvozi uchun qulay pallaga o‘xshaydi. Yangi qo‘shiqlar yaratishda tinim bilmay mehnat qilayotganlar qatoriga “Nihol” mukofoti sovrindori, xushovoz xonanda Otabek Mutalxo‘jayevni qo‘shish mumkin, deb xabar beradi “Popcorn.uz”.

Ijodkor shu kunlarda yosh xonanda Xushnud bilan birgalikda so‘zi va musiqasi Siyovush Ramazonovga tegishli bo‘lgan “Xayol” deya nomlangan duet tarona kuyladi

Ammo mazkur qo‘shiqni keng ommaga havola etishdan avval ijodiy guruhi bilan maslahatlashgan holda unga videoklip ham suratga oldirishni maqsad qildi.

Ayni damda mazkur duet uchun Shuhrat Mavlonov tomonidan klip tasvirga olinib, syujet qismida yosh aktyor Sharof Sharopov rol ijro etmoqda. Klipning tasvirga olish jarayonlari ikki kun davom etadi va montaj ishlari ham tez kunda yakunlanadi.

Манба:Daryo.uz

 

Категория: Шоу Бизнес | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]