14:45 Rayhon: “Hayotimda psixologga murojaat qilmaganman” | |
Avval xabar berganimizdek, 11-fevral kuni 19:00 dan 21:00 ga qadar “Vodiy sadosi” radiosida xonanda Rayhon bilan intervyu bo‘lib o‘tdi. “Daryo” mobil muxbiri Ulug‘bek Xudoyberganov ushbu intervyuni tinglab, uni yozma shaklda taqdim etdi. Intervyuning uchinchi qismida xonanda telefon va internet orqali berilgan savollarga javob berdi. Xususan, singlisi Nasibaning turmushga chiqayotganini tasdiqlab, to‘yning shu yili bo‘lishini aytdi. Shuningdek, “O‘zingiz taom tayyorlab turasizmi?” — savoliga javoban, Rayhon “doim emas, imkon bo‘lganida” pishirib turishini qayd etdi. Muxlislardan biri xonandadan uning psixologlarga murojaat qilish-qilmasligi va shaxsiy psixologi bor-yo‘qligini so‘radi. Bunga javoban, u hayoti davomida hech qachon psixologlarga ishi tushmaganligini ma’lum qildi. “Psixologlar siz biron bir qiyin holatga tushib qolganingizda yoki depressiyaga uchragan vaqtingizda yordam beradi. Nazarimda hammasi insonning o‘ziga, irodasi mustahkamligiga bog‘liq. Men hayotim davomida yuzma-yuz kelgan qiyinchiliklarni tabassum ila yengishga harakat qilaman”, — dedi Rayhon. Манба:Daryo.uz | |
Категория: Шоу Бизнес | |
Всего комментариев: 0 | |