Главная » 2015 » Yanvar » 16 » Rossiyada mushuk 2 oylik chaqaloqning hayotini saqlab qoldi
16:34
Rossiyada mushuk 2 oylik chaqaloqning hayotini saqlab qoldi

Rossiyaning Kaluga viloyati Obninsk shahrida Sibir zotli mushuk qahraton sovuqda ko‘chada qutining ichida qoldirib ketilgan chaqaloqni qutqardi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

Mushuk 2—3 oylik bolani bir necha soat davomida o‘z tafti bilan isitib o‘tirgan. Mahalliy fuqarolarning aytishicha, u yaqin atrofdagi uy egalari e’tiborini tortish maqsadida miyovlagan.

Oxir-oqibat chaqaloqni ko‘rishgan va kasalxonaga yetkazishgan, u yerda bolakayda sovqotish belgilari yo‘qligi aniqlangan.

Politsiya bolaning ota-onasini qidirmoqda.

Манба:Daryo.uz

Категория: Новости мира | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]