Главная » 2014 » Mart » 26 » Sevara Nazarxon “Toch v toch” ko‘rsatuvida Linda qiyofasida sahnaga chiqdi
17:33
Sevara Nazarxon “Toch v toch” ko‘rsatuvida Linda qiyofasida sahnaga chiqdi

2014-yil 23-mart kuni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon Rossiya Birinchi kanalidagi “Toch v toch” (“Xuddi o‘zginasi”) shousining to‘rtinchi turida rossiyalik xonanda Linda qiyofasida sahnaga chiqdi. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda.

 

Lindaning “Vorona” (“Qarg‘a”) qo‘shig‘ini ijro etgan Sevaraga to‘rt nafar hakamlar hay’ati a’zosi maksimal besh balldan 20 ball qo‘ydi. Biroq betaraf hakam Mixail Boyarskiy o‘zbek xonandasining chiqishini to‘rt ballga baholadi. Shunday qilib, Sevara jami Dmitriy Koldun va Irina Dubsova bilan bir xil — 24 ball yig‘di

 

Eslatib o‘tamiz, Sevara Nazarxon mazkur shouning birinchi raundida 23 ochko bilan beshinchi o‘rinni, ikkinchi bosqichida 21 ochko bilan to‘qqizinchi o‘rinni, uchinchi turida esa 25 ball to‘plab, to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi.

Manba: daryo.uz

 

 

Категория: Шоу Бизнес | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]