Главная » 2014 » Mart » 30 » Sevara Nazarxon “Yil shansoni—2014” mukofotiga sazovor bo‘ldi
10:12
Sevara Nazarxon “Yil shansoni—2014” mukofotiga sazovor bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon Rossiyaning “Yil shansoni—2014” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda “Shanson” radiosining rasmiy sayti ma’lumot berdi

Saytdagi xabarda bu sovrin Sevaraning birinchi “Yil shansoni” mukofoti ekanligi ta’kidlangan. Demak, o‘zbek qizining kelajakda ham yana shu kabi sovrinlar olishiga “Shanson” radiosi jamoasining ham ishonchi komil. Eksklyuziv intervyusida Sevara Rossiyaning bosh sahnasiga chiqishdan bir hafta avvalgi his-tuyg‘ulari haqida so‘z yuritdi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Sevara Nazarxon joriy yilning 5-aprel kuni Kreml Saroyida o‘tkaziladigan “Yil shansoni” mukofotining taqdirlash marosimida qatnashadi. Marosimda, shuningdek, Rossiyaning eng yaxshi san’atkorlari tomonidan jonli ijroda kuy va qo‘shiqlar taqdim etiladi.


 

Категория: Шоу Бизнес | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]