Главная » 2015 » Fevral » 20 » Shveysariyada ikkita poyezd to‘qnashib ketdi (foto)
20:22
Shveysariyada ikkita poyezd to‘qnashib ketdi (foto)

Shveysariyaning Syurix shahri shimolida ikkita poyezd to‘qnashib ketdi, deya xabar bermoqda Agence France-Presse.

Ba’zi xabarlarga ko‘ra, ularning ikkalasi ham yo‘lovchi poyezdi bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 49 kishi jabrlangan.

Politsiyachilardan birining agentlikka ma’lum qilishicha, voqea ertalab sodir bo‘lgan. “Avariya ancha jiddiy”, — dedi u.

Xabar berilishicha, ba’zi vagonlar ag‘darilib ketgan.

Hodisa joyida qutqaruvchilar ishlamoqda.

Манба:Daryo.uz

Категория: Новости мира | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]