Главная » 2014 » Mart » 7 » Sony “aqlli” soati O‘zbekistonda sotuvga chiqdi
13:57
Sony “aqlli” soati O‘zbekistonda sotuvga chiqdi

O‘zbekistonda Sony "aqlli” soatining ikkinchi avlodi — SmartWatch 2 sotila boshladi, deya xabar bermoqda mobinfo.uz.


Qurilma Android operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydi. U himoyalangan alyuminiy korpusiga ega.

Soat yordamida foydalanuvchi kiruvchi qo‘ng‘iroqlarga javob berishi, elektron pochtani o‘qishi, smartfondagi matn va fotosuratlarni ko‘rishi mumkin.

SmartWatch 2 1,6 dyuymli (220×176) sensorli displeyga ega. Oddiy rejimda qurilma odatdagi elektron soatlardan farq qilmaydi.

Soat NFC va Bluetooth 3.0 ni "ko‘tara” oladi. Uning quvvati to‘rt kungacha yetishi mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, poytaxtdagi "Fleshka” savdo majmuasida SmartWatch 2’ni 800 ming so‘mga xarid qilish mumkin. Taqqoslash uchun, Samsung Galaxy Gear "aqlli” soati 725 ming so‘m turadi.

SmartWatch 2 silikon braslet, zaryadlovchi uskuna va hujjatlari bilan birga sotiladi.


Manba: www.daryo.uz





Категория: Новости Узбекистана | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]