Главная » 2015 » Fevral » 16 » Tamillaning “Bag‘ringga bos” qo‘shig‘i uchun ishlangan klipdan xonandaga xos originallik topilmadi
14:37
Tamillaning “Bag‘ringga bos” qo‘shig‘i uchun ishlangan klipdan xonandaga xos originallik topilmadi

Xonanda Tamillaning kliplari trek yo‘nalishida bo‘lsa ham, tarvuz va giloslar ularga noodatiylik baxsh etgan. Biroq ijodkorning “Bag‘ringga bos” qo‘shig‘i uchun ishlangan klipga ijobiy fikr bildirish qiyin, deb xabar beradi “Darakchi” gazetasi.

Klipda xazon bilan to‘ldirilgan daraxtzorda kuylayotgan xonanda va uning sevgilisi rolini ijro etgan aktyorning bosgan qadamlari ko‘rsatiladi, xolos. Balki Tamilladan original kliplar kutib o‘rganib, qolganimiz uchun bu bizga maqul kelmagandir, deyiladi manbada.

Qayd etish joiz, Tamilla mazkur klipda o‘z ijodi davomida ilk bor milliy qiyofada namoyon bo‘lgan.

Манба:Daryo.uz

Категория: Шоу Бизнес | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]