Главная » 2015 » Yanvar » 14 » Toshkent 2016-yildan yangi SamAuto LE 60 avtobuslaridan foydalanishga o‘ta boshlaydi
15:18
Toshkent 2016-yildan yangi SamAuto LE 60 avtobuslaridan foydalanishga o‘ta boshlaydi

Yaqin yillar ichida Toshkent avtobus parklari o‘zimizda ishlab chiqarilgan SamAuto LE 60 past polli avtobuslar bilan to‘la boshlaydi, deya xabar bermoqda “Podrobno.uz” “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi Otabek Sodiqovga tayanib.

“Toshkentda bugungi kunda bunday avtobuslarning faqat bittasi harakatlanmoqda. Biz o‘z xulosalarimiz va uni mukammallashtirish bo‘yicha takliflarimizni Samarqand avtomobil zavodiga  yo‘naltirdik”, — deya ta’kidladi Otabek Sodiqov.

Uning aytishicha, 2016-yildan poytaxt avtoparklari SamAuto LE 60’ni sotib olish hajmini ko‘paytirib, Isuzu avtobuslarini qisqartira boshlaydi. Bu shuningdek Samarqand avtomobil zavodida ushbu avtobuslarni seriyali ishlab chiqarishning boshlanishiga bog‘liq.

Манба:Daryo.uz

Категория: Новости Узбекистана | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]