Главная » 2015 » Yanvar » 11 » Toshkent viloyatida yosh bolalarning sho‘xligi yong‘inga olib keldi
19:19
Toshkent viloyatida yosh bolalarning sho‘xligi yong‘inga olib keldi

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston respublikasi hududida 397 ta yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi axborotiga tayanib, “Uz24.uz” xabar bermoqda.

Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 17 nafar fuqaro tan jarohati olgan va 1 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Ushbu yong‘inlarda 1 milliard 388 million 548 ming 815 so‘mdan ortiq qurilish materiallari va 984 million 402 ming 713 so‘mga yaqin moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan.

Jumladan, Toshkent viloyati Chinoz tumanida yashovchi fuqaroning uyida yong‘in yuz berib, natijada 200 kvadrat metrga teng maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘inga yosh bolalarning sho‘xligi sabab bo‘lgan.

Shuningdek, Zangiota tumanida yashovchi fuqaroning uyida isitish pechining dudburoni qizib ketishi natijasida ham yong‘in sodir bo‘lib, uyning 195 kvadrat metrga teng maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari hamda qo‘shnisining uyidagi 45 kvadrat metr maydonda tom qismi yonib zararlangan. Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasining otasi va 2011-yilda tug‘ilgan jiyani kuyish tan jarohati olgan holda shifoxonaga yotqizilgan.

Манба:Daryo.uz

Категория: Новости Узбекистана | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]