19:22 Toshkentda 80-yillar yulduzlari ishtirokidagi konsertga va’da qilingan xonandalar kelmadi | |
27-yanvar kuni Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida 80-yillar yulduzlari ishtirokida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan konsertda faqatgina o‘zbek estradasi vakillari ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”. Tashkilotchilar shouda Boney-M, Ottawan, “Kombinatsiya” guruhlari, Natalya Gulkina, Alisa Mon ishtirok etishini e’lon qilgan bo‘lsa ham, nimagadir Munisa Rizayeva, Shuhrat Vohidov singari xonandalar sahnaga chiqqan. Bu haqdagi xabar Facebook’dagi “Potrebitel.uz” va “Obshestvenniy kontrol” guruhlarida qizg‘in muhokamaga va tanqidlarga sabab bo‘lgan. Zalda hozir bo‘lgan tomoshabinlar tashkilotchilar konsert boshlanishi oldidan yulduzlar noqulay ob-havo sharoitlari tufayli kelmaganini ma’lum qilganini yozgan. Ko‘pchilik konsertga kirish chiptalarini arzon deb bo‘lmasligini ta’kidlagan. Jumladan o‘rta qatorlar chiptalari narxlari 400 ming so‘m, old qatorlar bundan ham qimmat bo‘lgan. Muhokama ishtirokchilari bu holatda firibgarlik sodir etilgan bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirib, bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish lozimligini qayd etgan. Манба:Daryo.uz | |
Категория: Шоу Бизнес | |
Всего комментариев: 0 | |