Главная » 2014 » Dekabr » 19 » Toshkentda kelayotgan 2−3 yilda 400 ta yangi bekat quriladi
08:05
Toshkentda kelayotgan 2−3 yilda 400 ta yangi bekat quriladi

Yaqin yillarda Toshkentda jamoat transportlari uchun 400 ta yangi bekat qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi rahbari Asomiddin Tojiyev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Podrobno.uz”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shahar avtobus bekatlarini yangilash bo‘yicha reja ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirda ularning qiyofasini yaratish va sharqona bezaklarni qo‘shish uchun dizaynerlar tanlovi shartlari tayyorlanmoqda. Yangi bekatlar standart, shaffof va kiosklarsiz bo‘lishi qayd etilgan.

Yangi bekatlar konstruksiyalari Sirg‘ali qurilishi materiallari va metall qurilmalari zavodida ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Eslatib o‘tamiz, hozirgacha O‘zbekiston poytaxtida JCDecaux Uz kompaniyasining oynali bekatlari o‘rnatilgan bo‘lib, ularning har birining qiymati o‘rtacha 40 million so‘mga to‘g‘ri keladi.

Манба:Daryo.uz

Категория: Новости Узбекистана | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]