Главная » 2015 » Yanvar » 23 » Toshkentda oltita mashina ketma-ket to‘qnashdi
19:49
Toshkentda oltita mashina ketma-ket to‘qnashdi

Toshkent ko‘chalaridan birida oltita mashina ketma-ket bir-biriga kelib urildi, deya xabar bermoqda Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolari. Izohlardan aniq bo‘lishicha, voqea bugun sodir bo‘lgan. Xabarga ilova qilingan suratda Nexia ketidan Damas, yana ikkita Nexia, Cobalt va Captiva bir-biriga tiralib, turnaqator bo‘lib turganini ko‘rish mumkin.

Postga fikr bildirganlar ushbu yo‘l-transport hodisasida qoida bo‘yicha kim javobgar bo‘lishi haqida bahslashgan. Ko‘pchilik barchasiga Captiva aybdorligini ta’kidlagan, voqea guvohlari buni tasdiqlagan.

Shuningdek, ba’zilar hodisaga hazilona nuqtai nazardan qarab izoh qoldirgan. “Mahalliy avtosanoatning deyarli barcha mahsulotlari yig‘ilibdi-ku”, — deb yozgan ulardan biri.

Манба:Daryo.uz

Категория: Новости Узбекистана | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]