Главная » 2015 » Yanvar » 19 » Toshkentdagi “Bek Baraka” bozori yaqinidagi plastmassa sexida yong‘in yuz berdi
19:31
Toshkentdagi “Bek Baraka” bozori yaqinidagi plastmassa sexida yong‘in yuz berdi

2015-yil 18-yanvar kuni Toshkentdagi “Bek Baraka” bozori yaqinida joylashgan plastmassa mahsulotlari ishlab chiqarish sexida yong‘in yuz berdi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.

“Yong‘in Toshkent vaqti bilan soat 12:58 da boshlandi, 13:24 da esa voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar olovni o‘chirdi. Yong‘inni o‘chirishda 10 ta o‘t o‘chirish mashinasi qatnashdi”, − deyiladi Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi navbatchi qismi tomonidan “Uz24.uz”ga berilgan xabarda.


Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in elktr simlaridagi qisqa tutashuvdan kelib chiqqan. Yong‘in natijasida 80 kvadrat metr joy yonib ketgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.

Манба:Daryo.uz

 

Категория: Новости Узбекистана | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]