Главная » 2014 » Dekabr » 19 » Toshkentdagi ko‘chalardan birida Lacetti yo‘l o‘rtasida qoldirib ketildi
08:15
Toshkentdagi ko‘chalardan birida Lacetti yo‘l o‘rtasida qoldirib ketildi

Facebook’dagi guruhlardan birida Toshkentning Qushbegi ko‘chasi qoq o‘rtasida qoldirib ketilgan Lacetti rasmi paydo bo‘ldi. Unda O909HA davlat raqamiga ega qora Lacetti piyodalar o‘tish yo‘lakchasi ustida to‘xtab turganini, ichida haydovchisi yo‘qligini ko‘rish mumkin.

Xabar muallifi taxmin qilishicha, ushbu avtomobil yo‘l o‘rtasiga to‘xtagan yagona mashina bo‘lmagan. “Haydovchi Lacetti’ni bu yerda qoldirganida, atrofida boshqa mashinalar ham bo‘lgan. Ular jo‘nab ketgach, Lacetti yo‘l o‘rtasida yolg‘iz bo‘lib qolgan, shekilli”, — deb yozadi foydalanuvchi.

Muallifning aniqlik kiritishicha, shu yo‘l yoqasida tamaddixona bo‘lib, bu yerda mashinalarning deyarli yo‘l o‘rtasida qoldirib ketilishi odatiy holdir. U haydovchilarni o‘z ulovlarini tamaddixonadan uzoq bo‘lsa ham, to‘xtash mumkin bo‘lgan joyda qoldirishga chaqirdi.

“Ovqatlangandan keyin mashinagacha piyoda yurib borish sog‘liq uchun ham foydali bo‘ladi”, — deya qo‘shimcha qildi foydalanuvchi.

Postga fikr bildirganlar ko‘pchilik uzoq piyoda yurishga erinishi tufayli mana shunday qoidabuzarliklar kelib chiqishini qoraladi.

Манба:Daryo.uz

Категория: Новости Узбекистана | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]