Главная » 2014 » Mart » 30 » Toshkentdagi Next savdo markazi to‘liq ishga tushdi
14:38
Toshkentdagi Next savdo markazi to‘liq ishga tushdi

Toshkentda yil boshida ishga tushgan Next savdo-ko‘ngilochar markazida 29-mart kuni bahorgi mavsumning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Uz24” nashri xabar berdi.

Avval ma’lum qilinganidek, tashrif buyuruvchilar uchun raqs guruhlarining, Comedy.uz jamoasi ijodkorlarining va estrada yulduzlarining chiqishlari namoyish etildi. Bundan tashqari, dasturda illyuzionist tomoshalari, chiroqli-musiqali favvora shousi va boshqa ko‘plab qiziqarli tadbirlar bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida savdo markazida bolalar uchun birinchi interaktiv ilmiy muzey ochilgan edi. Muzey ikki xonasiga fanning turli sohalariga tegishli bilimlar bazasi joylashtirilgan. Eksponatlar jajji tashrif buyuruvchilarga chaqmoq qayerdan paydo bo‘lishi, hayvonlar, qushlar va hasharotlar qanday ko‘rishi yoki oddiy dastak yordamida tonnalab yukni qanday ko‘tarish mumkinligi haqida hikoya qiladi.

Shuningdek, markazda xaridorlar uchun Chevrolet Malibu avtomobilini yutib olish imkoniyatini beruvchi aksiya tashkil qilingan.

Savdo markazi tomida tomosha maydoni joylashgan. U yerdan poytaxtimiz markazi manzarasi ko‘rinib turadi. Majmuada qandolat sexi ham bo‘lib, u yerda turli shirinliklar tayyorlanadi.

Savdo markazi poytaxtning Bobur ko‘chasida joylashgan Ikkinchi Toshkent poyabzal fabrikasi o‘rnida qurilgan. Majmuaning umumiy maydoni 2,5 gektardan iborat. Unda 500 o‘rinli avtomobil to‘xtash joyi ham bor.

Supermarket qarshisida musiqali favvora va attraksionlar ham joylashgan. Bu yerdagi xiyobonda sayr qilish mumkin.

Manba: daryo.uz

Категория: Новости Узбекистана | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]