17:43 Toshkentning Sirg‘ali tumanida “yengil metro” qurilishi yaqin yillarda boshlanmaydi | |
Toshkentning Sirg‘ali tumanida “yengil metro” (tramvay yoki bir relsli liniya) qurilishi yaqin yillarda boshlanmaydi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi Otabek Sodiqovga asoslanib “Podrobno.uz” ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, metropolitenni Sirg‘ali tumanigacha o‘tkazish bo‘yicha ishlar yaqin yillarda boshlanmasligi aniq emasligi ma’lum qilingan. “Yengil metro” yoki tezyurar tramvay yo‘nalishlari loyihasi bo‘yicha ham hozirda biznes-reja va aniq ishlanmalar mavjud emas hamda yaqin yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilmagan. Eslatib o‘tamiz, Sirg‘ali tumani hokimi Furqat Maqsudxo‘jayev tumanda metro qurish muhandislik-geologik sharoitlar tufayli mumkin emasligi sababli loyiha “yengil metro” tizimi bo‘yicha tezyurar elektr transporti liniyasini qurish foydasiga qayta ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilgan edi. Avvalroq, yaqin yillarda Toshkent shahrining Yunosobod tumanidagi metro yo‘nalishining oxiriga yetkazilmagan qurilishi ishlari qayta yo‘lga qo‘yilishi xabar qilindi. Манба:Daryo.uz | |
Категория: Новости Узбекистана | |
Всего комментариев: 0 | |