Главная » 2014 » Fevral » 23 » WhatsApp narxiga 2000 ta Odil Ahmedov olish mumkin
13:59
WhatsApp narxiga 2000 ta Odil Ahmedov olish mumkin


Ilike.Uz sayt WhatsApp ni sotilgan narxiga (yani 16 mlrd $)ga O'zbekistonda nimalar sotib olish mumkinligini hisoblab chiqdi. Marhamat tanishing...

 1 940 nafar Odil Ahmedov

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinchisi Odil Ahmedovning transfer narxini olti million yevro, deb belgilashgan, bu esa 8 246 400 dollarga teng. Demak, bitta WhatsApp puliga 1 940 nafar Odil Ahmedov to‘g‘ri kelar ekan! Darvoqe, bu narxga Lionel Messidan 85 nafarini olish mumkinligini ham esga olish o‘rinli.



356 411 ta Malibu

Chevrolet Malibu avtomobilining narxi 99 750 000 so‘mni tashkil etadi, bu esa taxminan 44 892 dollarga tengdir (maqola yozilishi paytidagi Markaziy Bank kursiga ko‘ra). Bundan chiqdi, bitta WhatsApp narxiga 356 411 dona yap-yangi Malibu avtomobili olish mumkin!



"Bilayn”ning 2013-yildagi 9 oylik daromadidan 32 tasi

O‘zbekiston mobil aloqalar bozorida yetakchi hisoblangan "Bilayn-O‘zbekiston” o‘tgan yilning uch kvartali mobaynida 500 million dollar miqdorida daromad ko‘rganligi xabar qilingan. Agar shu holat yana 32 marta qaytarilsa, bitta WhatsApp narxiga yetib qolar ekan.


23 million dona iPhone 5S

Toshkentdagi "Fleshka” texnomarkazida (sobiq "Malika” fabrikasi) yap-yangi iPhone 5S narxi o‘rtacha 700 dollarni tashkil etadi. WhatsApp sotilgan pulga esa bunaqa smartfondan naq 23 milliontasini sotib olsa bo‘lar edi.



<Ey Yan, biz seni "WhatsApp" iningni 16 mlrd $ ga sotib olamiz:


Категория: Интересные факты | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]