Главная » 2015 » Yanvar » 21 » WhatsApp Telegram izidan borib, servisning veb-versiyasini ishga tushiradi
16:36
WhatsApp Telegram izidan borib, servisning veb-versiyasini ishga tushiradi

Dunyodagi eng ommabop messenjer WhatsApp yaratuvchilari uning veb-versiyasini ishlab chiqmoqda, deb xabar berdi MacDigger.ru. U dasturning iOS, Android va boshqa platformalardagi foydalanuvchilari bilan xabarlashish imkonini beradi.

GSM Arena nashri e’lon qilgan skrinshotlarda veb-brauzer va kompyuterga ulanish taklifi aks etgan sozlamalarni ko‘rish mumkin. Nashrning taxmin etishicha, servis chatlarda muloqot qilish, fayllar bilan ayirboshlash va yozishmalar tarixini ko‘rib chiqish imkonini beradi.

WhatsApp veb-dasturi imkoniyatlari haqida boshqa tafsilotlar hozircha yo‘q.

Манба:Daryo.uz

Категория: Интересные факты | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]