Главная » 2015 » Yanvar » 27 » Xitoylik yigit kompyuter o‘yinbozligidan qutulish uchun qo‘lini kesib tashladi
20:15
Xitoylik yigit kompyuter o‘yinbozligidan qutulish uchun qo‘lini kesib tashladi

Xitoyning Szyansu provinsiyasi Nantong shahrida Van ismli 19 yoshli xitoylik yigit o‘yinbozlikdan qutulish uchun qo‘lini kesib tashladi, deya xabar bermoqda The Telegraph.

Yigitcha uydan ko‘chaga oshpichoq olib chiqib, skameykaga o‘tirgan va chap kaftini bilagidan kesib tashlagan. Shundan so‘ng u taksi chaqirib, kasalxonaga jo‘nagan. Qo‘l esa skameykada qolavergan.

“Bo‘lgan hodisaga hech ham ko‘nika olmayapmiz. Bu kutilmagan holat bo‘ldi. U doim aqlli bola bo‘lib kelgan”, — dedi o‘smirning onasi. Uning aytishicha, o‘g‘li uydan chiqib ketishidan oldin onasiga xatcha qoldirib, shifoxonaga ketayotganini, kechqurun qaytishini yozgan.

Politsiyachilar yigitning qo‘lini topgach, jarrohlar uni joyiga tikib qo‘ydi. Van o‘z qilmishini izohlarkan, shu yo‘l bilan kompyuterda o‘yin o‘ynashni bas qilmoqchi bo‘lganini aytdi. Shifokorlar so‘zlariga ko‘ra, tikilgan qo‘l normal ravishda ishlash-ishlamasligi hali noma’lum.

Манба:Daryo.uz

Категория: Новости мира | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]