16:24 Xonanda Rayhon turmush o‘rtog‘i bilan ajrashayotganini tasdiqladi | |
Xonanda Rayhon G‘aniyeva aktyor Yigitali Mamajonov bilan ajrashayotgani tasdiqladi, deb xabar bermoqda “Sayyod.com”. “Ha. Bu haqiqat. Men ajralishga topshirdim. Hozir hayotimda og‘ir damlar kechmoqda. Ammo hamma qiyinchiliklarni munosib tarzda o‘tkazishga harakat qilyapman. Hammamiz bu dunyoda mehmonmiz xolos. Alloh menga kuch va sog‘liq bersa bo‘lgani va men ular uchun ham ona, ham ota bo‘lish uchun qo‘limdan kelganini qilaman”, – dedi xonanda Rayhon. Eslatib o‘tamiz, xonanda Rayhon G‘aniyeva va aktyor Yigitali Mamajonov 2012-yilning noyabrida turmush qurgan edi. 2014-yilning may oyida Rayhon egizak farzand dunyoga keltirgan, ularga Islom va Imron deb ismlari qo‘yilgan edi. Манба:Daryo.uz | |
Категория: Шоу Бизнес | |
Всего комментариев: 0 | |