Главная » 2015 » Yanvar » 23 » Yapon kompaniyasi 2035-yilgacha suvosti shahrini qurmoqchi
19:41
Yapon kompaniyasi 2035-yilgacha suvosti shahrini qurmoqchi

Yaponiyaning Shimizu kompaniyasi o‘zining Ocean Spiral deb nomlangan avtonom suvosti shahrini qurish loyihasining tafsilotlarini oshkor qildi, deb xabar bermoqda “Rossiyskaya gazeta”.

Besh ming kishi yashaydigan shahar yapon orollari yaqinida, 3−4 kilometr chuqurlikda, 75 qavatda joylashadi. Loyiha uchun 26 milliard dollar mablag‘ ajratilgan. Shahar aholisining asosiy faoliyati dengiz tubidagi foydali qazilmalarni qazib chiqarish va ilmiy laboratoriyalarda ishlash bo‘ladi.

Loyihaga binoan, shaharning katta qismi Blue Garden deb nomlangan diametri 500 metrdan iborat sharda joylashadi. Uning ichida turar-joy binolari, dam olish zonasi, restoranlar, ilmiy-tadqiqot markazi va an’anaviy shahar infratuzilmasining boshqa ko‘plab elementlari joylashtiriladi. Shahar 2035-yildan ish boshlashi kutilmoqda.

Манба:Daryo.uz

Категория: Новости мира | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]