Главная » 2015 » Fevral » 7 » Yigitali Mamajonov faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin
19:06
Yigitali Mamajonov faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin

Shu kunlarda ijodiy faoliyati bilan Rossiya poytaxti Moskva shahriga tashrif buyurgan aktyor Yigitali Mamajonov ayni kunlarda turli kinokartinalarning kastinglarida o‘zini sinab ko‘rmoqda, deya xabar berdi “Darakchi.uz” nashri.

Asli o‘zbekistonlik rejissor Ulug‘bek Yo‘ldoshevning kinosinovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Yigitali ayni damda kasting natijalarini kutmoqda. Shuningdek, yosh aktyor Gollivud va rus kinomatografiyasining ko‘plab filmlarida ijod qilgan rossiyalik rejissor va ssenariynavis Konstantin Vitkinning yangi filmi uchun ham kastingda o‘zini sinab ko‘rdi.

Shu kunlarda esa Yigitali Mamajonov Renat Davletyarovning “A zori zdes tixiye” nomli kinokartinasida yangi zamonaviy usullar va texnologiyalar orqali eski filmlarni yangilash borasidagi ijodiy faoliyatida bevosita kuzatuvchi sifatida qatnashib, bilimlarini ham oshirmoqda.

Манба:Daryo.uz

Категория: Шоу Бизнес | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]