Главная » 2015 » Fevral » 22 » Yigitali Mamajonov: “Islombek va Imronbeklarni judayam sog‘indim”
10:29
Yigitali Mamajonov: “Islombek va Imronbeklarni judayam sog‘indim”

Hozirda Moskvada bo‘lib turgan Yigitali Mamajonov yangi ijodiy rejalarni amalga oshirish bilan band. Shunga qaramay, u ijtimoiy tarmoq orqali ayrim savollarga javob berdi, deb xabar beradi “Darakchi.uz”.

Oilaviy mojarolarining shov-shuv bo‘lgani bilan bog‘liq savolga ijodkor “Oilam haqida ko‘p gapirmoqchi emasman. Bu shaxsiy ish. Ammo bir gapni aytishim mumkinki, bu ham bir sinov, taqdirda borini ko‘ramiz”, deya javob berdi.

Yigitali, shuningdek, farzandlarini sog‘inganini yashirmadi: “Islombek va Imronbeklarni judayam sog‘indim. Ko‘rmaganimga ham ancha bo‘lib qoldi. Sog‘inch hissini boshidan o‘tkazgan odamgina meni tushunadi: uni so‘z bilan ta’riflab berolmayman”.

Манба:Daryo.uz

Категория: Шоу Бизнес | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]