Главная » 2015 » Fevral » 13 » Yigitali Mamajonov: Rayhon xohlaganicha baxtli hayotni bera olmadim
14:34
Yigitali Mamajonov: Rayhon xohlaganicha baxtli hayotni bera olmadim

Kinoaktyor Yigitali Mamajonov xonanda Rayhon bilan o‘rtasidagi oilaviy mojarolari, farzandlari, Moskvadan qaytish yoki qaytmasligi haqidagi savollarga javob berdi, deb xabar bermoqda “Uz24.uz”.

“Darakchi” nashri jurnalisti aktyordan “To‘g‘risi, sizdan Rayhon bilan oilaviy mojarolar haqida ‘Bularning hammasi yolg‘on’ degan javob olishni chin dildan istayapman” qabilidagi savoliga “Bu ham bir sinov, taqdirimda bor ekan nachora”, deya javob qaytargan.

Shuningdek, u “Rayhon xohlaganicha baxtli hayotni bera olmadim. Balki bunga sabab…”, “Rostini aytsam shu kunga qadar hech qaysi obrazimdan ko‘nglim to‘lmagan…” kabi javoblarni ham tilga olgan. Hamda farzandlarini qanchalik sog‘ingani-yu ularning kelajagi haqida ham so‘z yuritgan. Shaxsiy hayotini omma oldida oshkora qilishni istamaydigan Yigitali “O‘zimni oppoq deya olmayman” deb aytgan.

Ayni paytda Moskvada bo‘lib turgan aktyordan O‘zbekistonga qachon qaytib kelishi haqida so‘ralganda u: “Axir samolyot kabi transportlar bor-ku! Albatta qaytaman!” deb javob qaytargan.

Манба:Daryo.uz

Категория: Шоу Бизнес | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]