Главная » 2015 » Fevral » 7 » Yulduzlar: kim kim bilan do‘st?
18:36
Yulduzlar: kim kim bilan do‘st?

Aktyor va qo‘shiqchi Jahongir Poziljonovning do‘stlari ko‘pdir, ammo ular orasida hamkasbi Shohruhxonning o‘rni boshqachaligi suratlardan ham ko‘rinib turibdi.

Yana o‘sha Instagram’ga murojaat qilib, bu safar o‘zbek shou-biznesi vakillarining o‘zaro do‘stligi aks etgan suratlarni qidirdik. Topganimizni siz bilan baham ko‘rmoqdamiz.

Sobiq “Setora” guruhi a’zolari Laylo va Komila haligacha qalin do‘st ekanligi ma’lum bo‘ldi. “Gap isboti bilan” deganidek, dalil sifatida Laylo o‘z Instagram’iga joylagan suratlarni keltiramiz.

So‘nggi paytlarda ijodda birgalikda ko‘plab yangiliklar yaratayotgan Lola va DJ Piligrim hayotda ham do‘stlashib qolganligi aniq.

Lola o‘zining yana bir duetdoshi — Shohruhxon bilan ham do‘stona aloqalarni saqlab qolgan.

Xonandalar Shahzoda va Nilufar Usmonovaning munosabatlari esa do‘stlik darajasidan ancha yuqorida. Buni Nilufar Usmonova o‘zining postlaridan birida ta’kidlab, ular “opa-singillar kabi yaqin” ekanligini aytgan edi.

Xorijdagi hamyurtlarimiz — Sevara Nazarxon va Sug‘diyona vaqti-vaqti bilan yuz ko‘rishib turishi kishini quvontiradi.

Bundan tashqari, familiyadosh aktrisalar Ra’no Shodiyeva va Asal Shodiyeva, xonandalar Ziyoda va Madina Mumtoz hamda Amira Alibekova va Tamilla birgalikda tushgan suratlarini Instagram’da ko‘p uchratdik.

Манба:Daryo.uz

 

Категория: Шоу Бизнес | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]