Главная » 2015 » Fevral » 1 » Yulduzlar: kim qanday sport turi bilan shug‘ullanadi? (foto)
19:22
Yulduzlar: kim qanday sport turi bilan shug‘ullanadi? (foto)

Yulduzlarning shaxsiy hayoti, bo‘sh vaqtda nimalar bilan shug‘ullanishi haqida ularning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatish orqali xabardor bo‘lish mumkin. Biz bugun Instagram va Facebook’ka mo‘ralab, ularning qanday sport turlari bilan shug‘ullanishi haqida ma’lumot olishga harakat qildik.

Lola sport bilan faol shug‘ullanishini aniqladik: u o‘z sahifalariga trenajyor zalida olingan ko‘plab suratlarini joylagan.

Bundan tashqari, xonandaning yana bir surati uning yoga bilan ham shug‘ullanib turishini oshkor etdi.

Yoga borasida Sevara Nazarxonga teng keladigani bo‘lmasa kerak. U o‘z Instagram’iga joylagan suratiga tongni yoga bilan qarshi olishini qayd etgan.

Boshqa bir rasmda esa uning murakkab mashqlarni bajarayotganini ham ko‘rish mumkin.

DJ Piligrim — Ilhom Yo‘lchiyev esa o‘z Facebook’iga boks bilan shug‘ullanayotgani muhrlangan suratini joyladi.

Afsuski, erkak xonanda va aktyorlar bu borada passiv bo‘lib chiqdi. Ular yo sport bilan kam shug‘ullanadi, yo bu jarayonni suratga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashga hafsalasizlik qiladi, deb o‘yladik biz

Манба:Daryo.uz

 

Категория: Шоу Бизнес | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]