Ginnesning rekordlar kitobi mualliflari 2014-yilning bosh rekordi deb shisha tiqinlaridan bochka shaklida yasalgan ulkan mozaikani topdi. Bu haqda nashrning rasmiy saytida ma’lum qilingan.
150 kvadrat metr maydonni egallagan kompozitsiyani yaratish uchun 285 mingta tiqin va 270 kilogramm yelim kerak bo‘lgan. Rossiyalik Sergey Sidorov va fransiyalik Elvira Gazizova tomonidan ishlangan mozaika “Ulkan bochka” nomini olgan. 2014-yil yozida Fransiya sohilbo‘yi shaharlaridan biridagi an’anaviy vino festivalida namoyish etilgan asarda qadimgi yunon personajlari, Sankt-Peterburg va Bordo tasvirlangan.
...
Читать дальше »