Главная » 2015 » Yanvar » 15 » UMS saytining o‘zbekcha versiyasi ishga tushdi
15:27
UMS saytining o‘zbekcha versiyasi ishga tushdi

UMS mobil aloqa operatorining rasmiy saytinining o‘zbekcha versiyasi ishga tushdi. Bu haqda saytning ruscha va o‘zbekcha versiyalarida ma’lum qilingan.

“Endilikda barcha xabarlar, tarif-rejalar va xizmatlar haqidagi yangiliklarni UMS saytining o‘zbek tilidagi sahifasida bilib olishingiz mumkin!” − deyiladi xabarda. Saytning rus tilidagi barcha bo‘limlari o‘zbek tilida ham taqdim etilgan.

Jumladan, “Kompaniya haqida” bo‘limida “Universal Mobile Systems MChJ, “MTS” OAJ va O‘zbekiston Rеspublikasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, 2014-yil 1-dеkabrdan boshlab butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab mobil aloqa tarmog‘ini tijoriy maqsadda ishga tushirdi”, − deyilgan.

Eslatib o‘tamiz, yangi mobil aloqa operatorining rasmiy sayti ishga tushirilganidan buyon faqat rus tilida faoliyat yuritayotgan edi.

Манба:Daryo.uz

Категория: Интересные факты | Добавил: TimeUz
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]